Asosiy prinsip

Date:

Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilinishi sud tizimining yangilanishi, demokratlashuvi uchun turtki bo‘ldi. Birlamchi vazifa sifatida sudlar inson huquqlarini himoya qilishdagi ishonchli vositaga aylandi.
Konstitutsiyaviy me’yorlar sud tizimini yaxlit belgilab beradi. Sudlarning tashkil etilishi va faoliyat tartibi maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Ma’lumki, sudlarning tuzilishini isloh qilish — inson huquq va erkinliklari ustunligini ta’minlovchi, asl demokratik huquqiy davlatga o‘tish huquqiy sohada qator o‘zgartirishlarni amalga oshirish, shuningdek, bir qancha yangi qonunlar qabul qilish kerak.
Sud-huquq islohotlari oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida 2021-yili 27-aprelda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, sudga nisbatan fuqarolarning huquq va erkinliklarining himoyachisi sifatidagi munosabatni shakllantirish, sud yurisdiksiyasi sohasini kengaytirish hamda ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratila boshlandi.
Bugungi kunda respublikamizda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, sudning obro‘si va mustaqilligini oshirish, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni ta’minlash, sudlar faoliyatiga aralashishga hamda g‘ayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekistonda 2008-yil 23-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi tashkil etildi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadi davlatimizda demokratik o‘zgarishlar qilish, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun mustahkam moddiy negizni yaratishga yo‘naltirilgandir. Turli sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning negizida inson huquqlari va manfaatlari yotadi. Inson huquq va manfaatlari qadimdan oliy qadriyat sifatida qadrlanib kelinadi. 2017-2025-yillarda Oliy sud tomonidan 280 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, sud tizimiga oid 65 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, jinoyat ish yurituvida insonparvarlik tamoyillari asosida “Xabeas korpus” institutini yanada keng tatbiq etish maqsadida 2025-yil 1-yanvardan tergov sudyalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi
kurashish va huquqbu-zarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish belgilab berildi.
Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta’minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, u O‘zbekistonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy prinsipi hamdir. Asosiy Qonunimizga binoan O‘zbekiston tarixida birinchi marta Konstitutsiya maxsus tarzda muhofaza qilinadigan bo‘ldi. Shu maqsadda Konstitutsiyaviy sud joriy qilindi.

Zoir ShofiYev,
Termiz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi,
Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
Absalom
Xo‘janazarov,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Oldingi sahifaXatosi saboq bo‘ldi
Keyingi sahifaTARAQQIYOTGA TAYANCH

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun