1000 tup ko‘chat ekildi

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik barqarorlikni mustahkamlash, tabiat musaffoligini saqlash va hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida yurtimizda keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda. Shu maqsadda Sariosiyo tumani 83-sonli umumta’lim maktabi hududida bo‘sh turgan maydonga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda barcha ta’lim muassasalari rahbar va xodimlari tomonidan 1000 tup anor va shaftoli ko‘chatlari ekildi.

Tadbirda Sariosiyo tuman hokimining o‘rinbosari A. Shukurov ishtirok etib, mazkur xayrli tashabbusda faol qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, daraxt ekishning ekologik ahamiyati, tabiatni asrash va kelajak avlodga musaffo muhit qoldirish borasidagi muhim vazifalar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur tashabbus tumanda yashil hududlarni kengaytirish, atrof-muhitni yanada obod va qulay qilishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun