Muammo hal, aholi mamnun

Date:

Termiz shahrining “Guliston” mahallasi, “Fidokorlar” ko‘chasida yillar davomida ishlamay turgan svetofor bo‘yicha aholi murojaatlari nihoyat yechim topdi. Uzoq vaqt qog‘ozbozlik sababli hal etilmay kelgan masala bo‘yicha mas’ul idoralar amaliy choralar ko‘rib, svetoforni to‘liq ta’mirladi va elektr tarmog‘iga ulab, ishga tushirdi.

Hududda bog‘cha, maktab va xonadonlar joylashgani bois, svetoforning ishlashi piyodalar hamda haydovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun nihoyatda muhim edi. Endilikda ushbu yo‘lakda harakat tartibi tiklanib, bolalar va katta yoshdagilar uchun xavfsizlik kafolatlandi.

Mas’ullar tomonidan hisoblagich o‘rnatilib, svetoforning barqaror ishlashi ta’minlandi. Bu esa aholining uzoq kutilgan muammosiga aniq yechim berilganini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun