30 yosh — “yoshlik bosqichi”

Date:

Kembrij universiteti olimlari o‘tkazgan keng qamrovli tadqiqot inson miyasi hayot davomida besh asosiy bosqichdan o‘tishini ko‘rsatdi. 4 mingga yaqin ishtirokchi miyasining skanerlash natijalari shuni tasdiqladiki, miyada eng muhim o‘zgarishlar 9, 32, 66 va 83 yoshda yuz beradi.

Tadqiqotning eng e’tiborga molik jihati — yoshlik davri o‘ylangandan ancha uzoq davom etishi. Olimlar fikricha, miyaning eng samarali ishlaydigan davri 9 yoshdan 32 yoshgacha davom etadi. Aynan shu davrda miyada aloqalar eng faol qayta tuzilib, rivojlanish cho‘qqisiga chiqadi.

Miya rivojlanishining besh bosqichi quyidagicha tavsiflandi:

— Bola davri (0–9 yosh) – miyada tez o‘sish, ammo samarasiz aloqalar ko‘pligi;

— Yoshlik (9–32 yosh) – miyaning eng faol va samarali ishlaydigan davri;

— Voya yetganlik (32–66 yosh) – barqaror, sekin o‘zgarishlar;

— Erta qarish (66–83 yosh) – miyaning bo‘linib ishlashi kuchayadi;

— Kech qarish (83 yoshdan boshlab) – o‘zgarishlar yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.

Tadqiqot miyaning qay tarzda o‘zgarib borishini chuqurroq tushunishga yordam berib, ruhiy kasalliklar, demensiya va yoshi ulug‘ insonlar salomatligiga doir ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun