To‘lovlarda yengillik bor

Date:

Markaziy bankning yangi qaroriga ko‘ra, moliyaviy qiyinchilikka uchragan, og‘ir hayotiy vaziyat yoki fors-major sabab kredit to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirolmayotgan fuqarolarga banklar majburiy ravishda yengilliklar taqdim etadi.

Endilikda har bir bank o‘z saytida quyidagilarni aniq ko‘rsatishi shart:

– kreditni kechiktirish, muddati uzaytirish, foiz stavkasini qayta ko‘rib chiqish kabi barcha turdagi restukturizatsiya tartiblari;

– arizani topshirish va ko‘rib chiqish jarayoni;

– talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati;

– qaror qabul qilish muddati hamda mijozni xabardor qilish tartibi.

Homiladorlik va tug‘ish ta’tilidagi ayollar uchun kredit to‘lovlari 10 oyga uzaytirilishi tartibi banklarning rasmiy axborotida majburiy ko‘rsatiladi.

Ushbu qaror tufayli kredit to‘lashda qiynalayotgan fuqarolar uchun kredit yukini kamaytirishga doir aniq va amaliy mexanizm joriy etildi. Bu esa har bir mijozning huquqlarini himoya qilish, og‘ir vaziyatlarda ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun