Spektakl ma’qullandimi?

Date:

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining joriy repertuar rejasiga ko‘ra, Sayidali Odilov asari asosida sahnalashtirilgan “Alimentchi chol” spektakli teatr Badiiy kengashi ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan aliment masalasida ijro xatining qo‘shni mahallada yashovchi bir xil ism, familiyadagi yoshi ulug‘ otaxonga yuborilishi va pochtachining anglashilmovchiligi ortidan boshlangan voqealar hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi. 

Kengash aʼzolari muhokama chog‘ida spektaklni yanada takomillashtirish, rejissorning kamchiliklari yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berishdi. Yakunda aytilgan fikrlar asosida kamchiliklarni bartaraf etgan holda spektaklni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash ko‘rigiga tavsiya qilish ma’qullandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun