Tenglik tamoyillariga tayanildi

Date:

Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning hududiy bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar respublika bosqichida 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi. Ishtirokchilar huquqiy bilimga oid test savollari javob topishgan boʻlsa, muammoli vaziyat (keys-stadi) va blits savol-javoblarda ham bor mahoratlarini ishga soldilar.

Olimpiada g‘oliblari qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik tamoyillariga tayangan holda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan xulosalar asosida aniqlandi. Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra 8-sinflar o‘rtasida 3-oʻrin surxondaryolik M. Jo‘rayevaga nasib etgan boʻlsa, 9-sinflar o‘rtasida vohadoshimiz D. Rustamov 2-o‘rinni, 10-sinflar o‘rtasida 1-o‘rinniʼ – S. Qurbonova (Surxondaryo viloyati) qoʻlga kiritdi.

Olimpiada g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun