Tomorqa maktabi ochildi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni muhokama qildi. 232 ming gektar yer ajatilgani natijasida 770 ming kishi daromad manbayiga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, tajriba va bozor topishdagi qiyinchiliklar sabab ayrimlarida daromad pastligicha qolmoqda.

Termiz tumanida tashkil etilgan Tomorqa maktabi aholiga ilmiy yondashuv asosida yerda samarali ishlashni, yiliga 5 martagacha ekin ekishni o‘rgatmoqda. 3 ming ehtiyojmand fuqaroga sitrus, anjir, xurmo va gul yetishtirish bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Ushbu tajriba respublika bo‘ylab joriy etilsa, dehqonlar daromadi 4–5 baravar oshishi ta’kidlandi. Shu bois, har bir viloyatda kamida 5 ta Tomorqa maktabi tashkil etilib, mahsulotni kafolatli sotish uchun “Eksportchi kooperativlari” tuziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun