Qurilish avjida

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida zamonaviy beton va asfalt ishlab chiqarish zavodlari qurilish ishlari avjida. 1,0 million AQSH dollari qiymatidagi beton ishlab chiqarish loyihasi yiliga 1,5 million kub metr mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bir smenada 200 kub metr beton tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zavod ishga tushgach, 20 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanadi. Qurilish ishlari yil yakuniga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha Eron davlati bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va tuman byudjetiga 3,0 milliard so‘mdan ortiq tushum keltirishi kutilmoqda.

Shuningdek, qiymati 2,0 million AQSH dollariga teng bo‘lgan asfalt ishlab chiqarish zavodi ham barpo etilmoqda. Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 800 ming tonnani tashkil etadi. Zavod to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 2,0 million AQSH dollari qiymatidagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun