“Proaktiv shaklda”…

Date:

“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–206-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan Oʻzbekistonda davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etiladi.

Bunda fuqarolar davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi:

—majburiy asoslarda – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun bilan miqdori belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining bir qismi hisobidan;

—ixtiyoriy asoslarda – mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi har oylik sugʻurta badalining eng kam miqdorini toʻlash evaziga.

Fuqarolarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar ularning minimal sugʻurta staji va toʻlagan sugʻurta badaliga mutanosib ravishda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (Jamgʻarma) orqali toʻlanadi.

Jamgʻarma orqali quyidagilar proaktiv shaklda tayinlanadi va toʻlanadi:

2026-yil 1-yanvardan homiladorlik va tugʻish nafaqasi;

2026-yil 1-iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari asosida 2030-yil 1-yanvardan ishdan boʻshatish nafaqasi ham Jamgʻarma orqali tayinlanadi va toʻlanadi.

Oldingi sahifaMasofa qisqa va xavfsiz
Keyingi sahifaQurilish avjida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun