Ham iqtisodiy, ham ma’naviy…

Date:

Korrupsiya nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy inqirozga ham olib keladi. Bu illat bor joyda inson qadri pasayadi, qonun ustuvorligi zaiflashadi, fuqarolarda davlat idoralariga bo‘lgan ishonch yo‘qoladi.Shu sababli, so‘nggi yillarda mamlakatimizda bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘z faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslikni asosiy tamoyil qilib olgan. Bu yo‘nalishda boshqarma rahbariyati va mas’ul bo‘limlar tomonidan qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Boshqarmada doimiy ravishda “Korrupsiyaga qarshi kurash — umumiy burchimiz” shiori ostida seminarlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu tadbirlarda huquqshunoslar, diniy ulamolar, jamoatchilik va mahalla faollari ishtirok etib, xodimlarga halollik, vijdon va mas’uliyat haqida tushunchalar bermoqda. Ayniqsa, yosh kadrlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilib, ularga xizmat burchi, davlat manfaati va halol mehnat orqali obro‘ qozonish muhimligi doim ta’kidlanadi.
Doimiy ravishda xodimlar va fuqarolar uchun “Sayyor qabul”lar tashkil etilib, o‘zaro ishonch va hamkorlik muhiti mustahkamlanmoqda. Boshqarmada ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir xodimning xizmat intizomi va etika qoidalariga rioya etishi qat’iy nazoratda. Korrupsiyaviy harakatga moyillik aniqlangan taqdirda, tegishli huquqiy choralar ko‘riladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — bu bir kunlik vazifa emas, balki uzluksiz jarayondir. Har bir xodim, har bir fuqaro o‘z burchini halol bajarsa, jamiyatda adolat qaror topadi.

Bekmurod Maxmatqulov,
Surxondaryo viloyati FVB
bo‘lim boshlig‘i, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun