To‘ymisan, to‘y bo‘ldi!

Date:

Sariosiyo tumanida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “To‘ymisan, to‘y bo‘ldi!” shiori ostida namunali ixcham to‘y tashkil etildi. Tadbir Dilfuza Islomova xonadoni bilan kelishilgan holda, ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz, tejamkorlik tamoyillari asosida o‘tkazildi.

Kuyov va kelin an’anaviy tarzda qimmatga tushadigan bir qator marosimlardan — fotiha, idish qaytarish, to‘qqiz toboq, kuyov va kelin chaqiriq, kuyov jo‘ralarni kutib olish kabi udumlardan voz kechishdi. Natijada butun to‘y jarayoniga atigi 25 million so‘m sarflandi.

Eng quvonarlisi, tejalgan mablag‘ hisobiga yoshlar ikki xonali uy xarid qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu tajriba hududda ixcham va maqsadga muvofiq to‘ylarni targ‘ib etish bo‘yicha muhim namunaga aylandi.

Oldingi sahifaADOLAT
Keyingi sahifaPara dzyudochilar tatamida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

My.gov.uz:  navbatdagi  qulaylik

Endilikda fuqarolar  pensiya to`lovlarini  bank kartasidan  naqd pul shakliga ...

Samarali hamkorlik

Nazariy bilimlar auditoriyada berilganidan ko‘ra, noan’anaviy tarzda tashkil etilsa,...

Qizlar to‘p suradi

Yurtimizda ilk bor o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil...

Temuriylar davri aks etadi

Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonning 5 ming yildan ortiq tarixi...
KunTun
KunTun