Tashabbusi samara bermoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanining Qo‘zichoqli mahallasida tashkil etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. Hududda tadbirkorlarga infratuzilmaviy jihatdan qulay sharoitlar yaratilgani, yangi ish o‘rinlari ochish va mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

Tashrif chog‘ida “Sentr of future” MCHJning non mahsulotlari ishlab chiqarish, “Shuhrat Termiz” MCHJning sanitar sochiqlar tayyorlash, “Denov Agrostar” MCHJning meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihalari hamda ushbu korxonaning zamonaviy agrologistika markazi tashkil etish tashabbusi o‘rganildi.

Hokim tomonidan loyihalarni jadallashtirish, faoliyat samaradorligini oshirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun