ADOLAT

Date:

Bir podshoh og‘ir xastalikka chalindi. Hakimlar bu dardni o‘n uch yoshli bolaning jigari davolashi mumkinligini aytdi. Podshoh navkarlari mamlakat kezib, o‘z farzandini sotishga rozi bo‘ladigan ota-onani topdilar.

Podshoh ota-onani rozi qildi, qozilar «Podsho salomatligi uchun xalqning bir vakilini qurbon qilishi vojibdir», deb hukm chiqarib berishdi.

Jallod bolta bilan bolaning oldiga kelganda u yig‘lash o‘rniga negadir tabassum qildi. Xayron bo‘lgan podshoh undan so‘radi:

— Hozir o‘lasan-u, jilmayishingning boisi ne?

Shunda bola:

— Bolaning erkaligini kim ko‘taradi? Ota-ona! Ammo o‘z ota-onam meni mol-dunyoga almashdi. Da’voni kimga qiladilar? Qoziga! Qozi o‘limimga fatvo chiqardi. Adolatni kimdan istaydilar? Podshohdan! Podshohga esa mening jonim kerak… Men bu olamning telba-teskari ishlariga ajablanib, jilmaydim, — deya javob qaytardi.

Bu gapni eshitib xaloyiq yig‘lab dod soldi, jallodning boltasi qo‘lidan tushdi, podshoh bolaga tan berib, uni ozod qildi va o‘z saroyida olib qoldi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun