Bosh sabab — ma’rifatsizlik

Date:

Taraqqiyot va globallashuv sari dadil qadam tashlayotgan insoniyat bugun ko‘plab umumbashariy muammolarga ham duch kelayotir. Iqlim o‘zgarishi, narkobiznes, odam savdosi kabilar qatorida terrorizm va ekstremizm dunyo afkor ommasining jiddiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda.
Terrorizm aholining keng qatlamida vahima, qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga erishishga qaratilgan jinoiy faoliyatdir.
Xalqaro miqyosda bu tushuncha davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishni ifodalaydi. U mazmuniga ko‘ra diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarda ko‘rinadi. Ekstremistik qarashlar chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ular chegara bilmaydi, din, millat, biron-bir mamlakat hududini tan olmaydi. Aslida ularning asl niyati diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‘oyalardan vosita, niqob sifatida foydalanish orqali mintaqada, muayyan bir davlatda beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, iqtisodiyotni izdan chiqarish, pirovardida, qurolli to‘qnashuvlar, ya’ni qon to‘kish, zo‘rlik bilan hokimiyatga erishish hisoblanadi.
Haqiqatan ham, hozirgi paytda terrorchi va ekstremistik tashkilotlar o‘zlarining g‘arazli niyatlariga erishish uchun ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet tarmog‘idan keng foydalanmoqda. O‘zini do‘st, millatdosh, vatandosh, dindosh qilib ko‘rsatayotgan manfur kimsalar hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarni, irodasiz, soddadil kishilarni yo‘ldan urishga harakat qilishyapti. Buning natijasida noto‘g‘ri yo‘lga bilib-bilmay kirib qolayotganlar soni, afsuski, ortib bormoqda.
O‘rganishlar, tahlillar, tajriba shuni ko‘rsatadiki, terrorizm va ekstremizm dunyo bo‘ylab ko‘plab insonlarni o‘z domiga tortib ketayotganining asosiy sababi jaholat va ma’rifatsizlikdir. Shu sababli xalqaro miqyosda ta’lim va ma’rifatga chorlov keng targ‘ib qilinmoqda.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bilan bog‘liq bir qator meyoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, qonunlar qabul qilingan. Shu bilan birga, jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ta’lim sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini yaratish va aholining ishonchli ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilyapti.
Butun dunyo hamjamiyati ushbu yovuzlikka qarshi bir yoqadan bosh chiqargan holda, ma’rifat quroli bilan kurash olib borsagina, uning ustidan g‘alaba qozona oladi.

J.Uralov,
N.Panjiyeva,
viloyat IIB xodimlari
O.Tojiyev,
B.Salixov,
Termiz tumani IIB xodimlari,

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun