Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Date:

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida bo‘lajak huquqshunoslar Hakim Termiziy majmuasini ziyorat qilib, buyuk alloma hayoti, uning diniy-falsafiy asarlari va huquqshunoslikdagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, talabalar Fayoztepa va Qoratepa kabi qadimiy budda yodgorliklarida bo‘lib, vohaning boy tarixiy merosi va sivilizatsion taraqqiyoti bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat nafaqat bilim, balki amaliy tashabbus bilan ham yakunlandi — talabalar “Tozalik aksiyasi” doirasida arxeologik yodgorliklar hududida obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib bordilar. Mazkur tashabbus yoshlar qalbida tarixiy merosga e’tibor, ekologik madaniyat va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Shu tariqa sayohat ma’naviyat, tarix va tozalik uyg‘unligida chinakam ibratli tadbirga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun