Oldindan prognoz qilinadi

Date:

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi. Bu borada Prezidentning “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash va seysmologiya sohasidagi ishlar samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sun’iy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatlarda prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki bosqichda loyiha Toshkent shahri misolida amalga oshiriladi.

Shuningdek, madaniy meros obyektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish tizimi yaratilib, Registon, Buxoro Ark majmuasi va Xiva Ichan-qal’a kabi yodgorliklarda kuzatuv ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, A-373 va M-39 avtomobil yo‘llari, tog‘li temiryo‘l hududlarida ko‘chki xavfini kosmik monitoring qilish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish tizimi ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun