Inson resurslari rivojlantiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi (JICE) hamkorligida inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Seminarda JICEning O‘zbekistondagi JDS loyihasi ofisi rahbari Tomomi Igarashi, Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali mas’ul xodimlari, viloyat hokimligi boshqaruv apparati va tegishli boshqarma hamda tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha JDS grant dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tanlovda ishtirok etish shartlari va mezonlari, Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura (2 yil) va doktorantura (3 yil) dasturlariga qabul jarayonlari haqida tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun