Muzokaralar manfaatli kechdi

Date:

Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashining ikkinchi majlisi doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk viloyati gubernatori Mixail Kotyukov bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini batafsil muhokama qildilar. Jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda, shuningdek, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida biznes-forumlar va ko‘rgazmalar tashkil etish orqali amaliy sheriklikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Muloqot yakunida Ulug‘bek Qosimov Krasnoyarsk viloyati gubernatori Mixail Kotyukovni Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan kelishga taklif etdi. Gubernator mazkur taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, joriy yilning o‘zida vohaga tashrif buyurish niyatini bildirdi.
Mazkur uchrashuv hududlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kuchga kiradigan yangi tartiblar

Joriy yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi: Zo‘ravonlikka uchragan...

Daromaddan chegirmagacha…

2026-yil 1-sentyabrdan san’atkorlar va ijodiy jamoalar har bir to‘y...

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...
KunTun
KunTun