Hamkorlik yanada rivojlantiriladi

Date:

Rossiya va O‘zbekiston hududlari II kengashi majlisi doirasidagi faol uchrashuvlar doimiy muloqot va amaliy natijalarga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Moskva viloyatida o‘tkazilayotgan kengash doirasida Sankt-Peterburg hukumati a’zosi Yevgeniy Grigorev hamda Chelyabinsk viloyati hukumati xalqaro va mintaqalararo vaziri Dmitriy Gluxarev bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mazkur muloqotlarda hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, sanoat, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, ishbilarmon doiralar o‘rtasida bevosita muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda o‘zaro savdo hajmini oshirish yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishildi.
Bu kabi uchrashuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash, yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratish va hududlararo integratsiyani chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Surxondaryo viloyati hokimining Rossiya Federatsiyasidagi xizmat safari doirasidagi uchrashuv va muzokaralar natijalari ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarning izchil mustahkamlanib borayotganini, o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik tamoyillari asosida yangi istiqbolli loyihalar uchun keng yo‘l ochilayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun