Behbudiy asarlari turk tilida

Date:

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman hamda Mahmudxo‘ja Behbudiyning turk tilida chop etilgan “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab davr bo‘lgan XX asr boshida maydonga chiqqan Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlik harakatining asoschisi hisoblanadi. U milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilg‘or taraqqiyot yutuqlarini o‘zlashtirish orqali xalq ong-u tafakkurini yuksaltirish hamda hurriyatga erishish yo‘lida o‘z hayotini baxsh etgan fidoyi zotdir.

So‘nggi yillarda ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, xususan, o‘z zamonining ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va ijtimoiy faoliyati, ilmiy-ijodiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, asarlarini keng ommalashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ham bu boradagi muhim tashabbuslardan biridir.

Prezident qarorida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida 20 – 21-oktabr kunlari Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda Mahmudxo‘ja Behbudiyning faoliyati, boy merosi haqida so‘z yuritib, uning asarlari turk tiliga tarjima qilingani turkiy xalqlarning ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz merosi bilan yanada yaqinroq tanishishi uchun katta imkoniyat yaratishini bildirdilar. 

Kitob O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yo‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar” so‘zlari bilan boshlangan. Shuningdek, Anqara shahridagi teatrda Samarqand viloyati musiqali drama teatri tomonida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan sahnalashtirilgan “Behbudiy” spektakli namoyish etildi. Spektakl olqishlar bilan kutib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun