Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Date:

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan hamkorlikda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur bayramona marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Raxmatilla Tog‘ayev va boshqa so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining jahon tillari orasida o‘ziga xos jozibasi, boy ifoda imkoniyatlari va milliy qadriyatlarimizni ifodalashdagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, institut kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmalari topshirildi.

Tadbir davomida institut talabalari tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yaxshi ko‘rganimni endi tushundim”

Men “Surxon tongi” gazetasini uzoq yillar sirtdan bilganim bois,...

Mahorati bir maktab edi…

Har doim ishxonaga kirayotib yoki tushlikka chiqqandami tez-tez Usmonali...

Mohir jurnalist, yaxshi inson edi…

Uzoq muddatli issiq, jaziramadan so‘ng, nihoyat, oltin kuz fasli...

Tabiatni asragan — kelajakni asraydi

Insonning tabiat bilan boʻlgan rishtalari qadimdan uzilmagan. Yerning bagʻridan...
KunTun
KunTun