Chiqindilarni boshqarish va yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi

Date:

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Surxondaryoda chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash hamda zararsizlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi “Bio Texno Eko” MCHJ korxonasida chiqindilarni qayta ishlash jarayonlari bilan tanishdi. Mutasaddilar tomonidan viloyatdagi chiqindi poligonlari holati va yangi loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Noqonuniy chiqindi poligonlarini tugatish, ekologik xavfsiz maydonlar tashkil etish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Angor va Muzrabot tumanlaridagi yo‘l xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilib, yo‘lsozlik loyihalarini sifatli va tezkor amalga oshirish, yo‘llar atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun