Kredit oqibati ogohlantiriladi

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda. Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ayrim kredit tashkilotlari agressiv marketing orqali qarz olishni oson ko‘rsatmoqda, ammo bu moliyaviy xatarlar haqida yetarlicha ma’lumot bermaydi.

Natijada, ko‘plab fuqarolar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Shu sababli, Raqobat qo‘mitasi Markaziy bank bilan birgalikda reklama qonuniga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, kredit reklamalarida kamida 10 foiz joy moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirishga ajratiladi.

Bu tashabbus moliyaviy savodxonlikni oshirish va mas’uliyatli qarz olish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni kredit shartlarini diqqat bilan o‘rganishga chaqiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun