Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Date:

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm ko‘rgazmasida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi milliy stendi bilan ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada viloyatning tarixiy yodgorliklari, sayyohlik yo‘nalishlari, tabiati, urf-odatlari va investitsion imkoniyatlari xalqaro ishtirokchilarga keng tanishtirildi. Surxondaryoning turizm salohiyati O‘zbekistonga ajratilgan maxsus pavilon orqali taqdim etildi.

Tadbir doirasida Italiya va boshqa davlatlarning yirik turoperatorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 20 ga yaqin hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolandi.

Surxondaryo delegatsiyasining ishtiroki xalqaro maydonda viloyatning turizm imkoniyatlarini targ‘ib etish va xorijiy sayyohlarni jalb etishga muhim hissa bo‘lib xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun