Surxondaryo – hamkorlik uchun qulay hudud

Date:

Surxondaryoning investitsiyaviy salohiyati xalqaro hamkorlar e’tiborida. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning yetakchi kompaniyalari — “Anhui Wende Holding Group” boshqaruv kengashi raisi Yan Syumey hamda “FMWORD” kompaniyasi bosh direktori Chju Linszyun boshchiligidagi delegatsiyalarni qabul qildi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, tog‘-kon va geologiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish, yuqori hosildor paxta navlarini yetishtirish, urug‘chilik markazi hamda agrotexnologiyalarni o‘qituvchi ta’lim muassasasi tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.
Muloqot yakunida tomonlar Surxondaryoning imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi investitsiya tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun