“Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Date:

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo 2025” xalqaro musobaqasida Jarqo‘rg‘on tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi sportchilari munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Musobaqada Zavqiddin O‘rolov o‘zining mahorati, chidamliligi va taktik tayyorgarligi bilan ajralib turib, raqiblarini ortda qoldirdi va sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uning g‘alabasi yosh sportchilar uchun o‘rnak bo‘lish bilan birga, aekvondo yo‘nalishidagi salohiyatini yana bir bor namoyish etdi.

Shuningdek, Farzona Eshqobilova ham o‘z vazn toifasida ajoyib natijaga erishib, musobaqaning eng faol ishtirokchilaridan biri sifatida e’tirof etildi. Uning mahoratli zarbalari, qat’iyligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi hakamlar hamda tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Oldingi sahifaGruziya delegatsiyasi Angorda
Keyingi sahifaTartibi aniq

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun