Xazon yoqqan jarima toʻlaydi

Date:

Dala va aholi punktlarida xazon, shox-shabbalar yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yubormaslik lozim. Bu kabi huquqbuzarliklar Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuning 4, 24-moddalari buzilishiga olib keladi.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 236 ming soʻmdan 2 mln 60 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 60 ming soʻm 4 million 120 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bundan tashqari, huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chora­si qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (2 million 60 ming soʻm — 2 mln 884 ming soʻm), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha (4 mln 120 ming soʻm — 6 mln 180 ming soʻm) miqdorda jarima solinadi.

Unutmaylikki, oʻsimlik qoldiqlarini yoqish natijasida atmosferaga is gazi, uglerod oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi. Bu esa nafaqat ekologiya, balki insonlar salomatligi uchun ham jiddiy xavf tugʻdiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun