Ma’naviy dunyoga yo‘l

Date:

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublika miqyosida amalga oshirilayotgan “Kitob karvoni” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalariga va mahallalarga ko‘plab kitoblar sovg‘a qilinmoqda. Mazkur tashabbus yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni intellektual va ma’naviy jihatdan kamol toptirishga xizmat qiladi.

Yoshlarimiz uchun “Jasorat”, “Ildiz”, “Millatparvar” kabi turli mavzudagi 3 mingga yaqin badiiy va ilmiy-ommabop asarlar jamlanmasi Yoshlari ishlari agentligi tomonidan taqdim etildi. Ushbu kitoblar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik, fidoyilik va ilmga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Taqdim etilgan adabiyotlar viloyatdagi maktablar, tuman va shahar markazlari, shuningdek, mahalla yoshlar markazlariga yetkazilmoqda. Natijada, har bir mahalla yoshlari bu bebaho ma’naviy boylikdan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Kitob karvoni” loyihasi yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni ijtimoiy hayotda faol, mustaqil fikrlovchi shaxslar sifatida voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda. Bugungi kunda kitob — nafaqat bilim manbai, balki yoshlar qalbiga nur, tafakkuriga kenglik, kelajagiga ishonch bag‘ishlaydigan eng ishonchli yo‘ldosh sifatida e’tirof etilmoqda.

Mazkur loyiha orqali mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida “bir mahalla — bir kutubxona” tamoyilini shakllantirish, har bir o‘quvchi va talabaning kitob o‘qishga bo‘lgan ehtiyojini uyg‘otish maqsad qilingan. Shu bois “Kitob karvoni” tashabbusi nafaqat adabiyotlarni tarqatish, balki butun jamiyatda kitobsevarlik madaniyatini rivojlantirish sari tashlangan muhim qadamlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Oldingi sahifaBekzod mergan chiqdi
Keyingi sahifaQuruq qo‘l

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun