Bekzod mergan chiqdi

Date:

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan III MDH o‘yinlari qizg‘in kechmoqda. Dunyo ahli katta qiziqish va ishtiyoq ila kuzatayotgan o‘yinlarda eng kuchli, mahoratli va chapdast sportchilar ishtirok etmoqda. Turgan gapki, bu raqobat kuchli ekanini ko‘rsatadi.

Ana shunday bahslarda yurtimiz sportchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Xususan, kamondan otish yo‘nalishida ishtirok etgan 16 yoshli Bekzod Boborajabov o‘zining yorqin chiqishi bilan barchani quvontirdi.

Surxon o‘g‘loni Bekzod erkaklar o‘rtasidagi yakkalik dasturida rossiyalik Pavel Semyonovni 7:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoaviy bahslarda ham munosib ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun