Bosh murabbiy o‘zgardi

Date:

 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) 2006-yilgi Jahon chempionatining g‘olibi, futbol tarixidagi eng mashhur himoyachilardan biri — Fabio Kannavaroni milliy terma jamoamizning bosh murabbiyi etib tayinlaganini rasman e’lon qildi.

UFA xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis bilan 2+3 yillik shartnoma imzolangan bo‘lib, u jamoani AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri — Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. Italiyalik murabbiy terma jamoamizni kelgusi Jahon chempionatiga tayyorlaydi”, — deyiladi UFA bayonotida.

Murabbiylar shtabida Kannavaroga tajribali mutaxassislar yordam beradi:

 Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);

Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);

Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoria” va “Spal” klublarida ishlagan).

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Kannavaro shtabida yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ushbu tayinlov O‘zbekiston futbolida yangi bosqichni boshlab berishi, terma jamoamizni xalqaro maydonda yanada yuqori natijalarga yetaklashi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun