Yangi tadqiqotlar va natijalar

Date:

Termiz davlat universitetida “Baqtriya arxeologiyasi: yangi tadqiqotlar va natijalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston, Xitoy, Tojikiston, Afg‘oniston, Fransiya va Chexiya kabi davlatlardan taniqli olimlar, arxeologlar hamda yosh tadqiqotchilarni birlashtirdi.Konferensiyaning ochilish marosimida TerDU rektori, akademik Ahmadali Asqarov, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi direktori Temur Shirinov, Ipak yo‘li arxeologiyasi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar markazi professori Van Jiansin va boshqa nufuzli mehmonlar so‘zga chiqib, tadbirning ilmiy va madaniy ahamiyatini alohida ta’kidladilar.Termiz davlat universiteti, Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti hamda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro konferensiya mintaqaning chuqur tarixiy ildizlarini o‘rganishga, arxeologik tadqiqotlar natijalarini ilmiy jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilmoqda.Konferensiyaning dolzarbligi shundaki, Baqtriya sivilizatsiyasi qadimiy Sharq tarixida muhim o‘rin tutadi. Surxon vohasi hududida olib borilayotgan so‘nggi arxeologik qazilma ishlari va topilmalar mazkur sivilizatsiyaning rivojlanish darajasi, madaniy qatlamlari va qadimiy xalqaro aloqalar haqida yangi ma’lumotlarni ochib bermoqda.Tadbirda A. Toshqulov so‘z olib, akademik va xorijiy olimlarning Surxon vohasidagi arxeologik tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgani ularning mintaqa tarixiga bo‘lgan katta qiziqishi va ehtiromidan dalolat ekanini ta’kidladi.Xalqaro darajadagi konferensiya ma’ruzalari bir vaqtning o‘zida o‘zbek, ingliz, xitoy va rus tillariga sinxron tarjima qilinib, ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirokchilar uchun ham uzatilmoqda. Bu esa tadbirning ochiqligi, inklyuzivligi va keng auditoriyani qamrab olishini ta’minlamoqda.“Baqtriya arxeologiyasi” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu ilmiy konferensiya mintaqaviy tarixni qayta kashf etish, madaniy merosni asrash va yosh tadqiqotchilarni rag‘batlantirish borasida muhim platformaga aylanmoqda. Tarixga yangicha nigoh va zamonaviy ilmiy yondashuvlar orqali Baqtriyaning boy merosi dunyo miqyosida yanada chuqurroq o‘rganilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik...

Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va...

Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va...

Munosiblar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning...
KunTun
KunTun