Daraxtzorlar kosmik nazoratda

Date:

2026-yil 1-yanvardan boshlab “Oʻzbekkosmos” agentligi daraxtzorlarning noqonuniy kesilishini, chiqindilar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni hamda ekologiya va geologiya sohalaridagi salbiy holatlarni kosmik monitoring orqali aniqlaydi.

Prezident Farmoniga muvofiq, yiliga kamida 3 marotaba davlat kosmik monitoringi oʻtkaziladi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Boʻka tumanida elektr tarmoqlari, Surxondaryoda quyosh panellari uchun qulay maydonlar, Toshkent–Angren temir yoʻlida esa transport monitoringi sinov tariqasida amalga oshiriladi.

Barcha maʼlumotlar “Space Gov Monitoring” yagona platformasiga kiritilib, tegishli choralar koʻriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Obyektlar tizimga kiritildi

Bandixon tumani, "Qaldirg‘och" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik...

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....
KunTun
KunTun