Mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sudlar faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, raqamlashtirish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish imkonini bermoqda. Albatta, barcha islohotlar zamirida inson qadri va tadbirkorlarning manfaatlari yotibdi.
Fuqarolar va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qiladigan va odil sudlovni ta’minlaydigan mustaqil sud tizimining mavjudligi har qanday rivojlangan jamiyatning asosini tashkil etadi. Sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflik, fuqarolar va tadbirkorlarning odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Davlat organla-rining qarorlari, mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakat yoki harakatsizligi ustidan har qanday manfaatdor shaxsning sudga shikoyat qilish huquqi qonun bilan ta’minlangan bo‘lib, uni ro‘yobga chiqarishda ma’muriy sudlarning o‘rni katta hisoblanadi. Xususan, joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida viloyat ma’muriy sudlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining arizalari asosida 606 tadan ortiq ish ko‘rib chiqilib, ularning 209 tasi qanoatlantirilgan. Bu raqamlar viloyatimizdagi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlari ma’muriy sudlar tomonidan tiklana-yotganligidan hamda ularning huquqlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning roli
oshib borayotgani-dan dalolat beradi.
Mamlakatimizda sudlar faoliyatiga axborot-texnolo-giyalarining keng tatbiq etilishi sudlarga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining masofadan turib elektron tarzda murojaat qilishi, sud majlislarida videokonferens-aloqa tizimi hamda mobil aloqa vositalari orqali masofadan turib ishtirok etishi kabi qulayliklarni yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21-avgustdagi “Sudlar faoliyatiga intellekt texnolo-giyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinishi – odil sudlov sohasini raqamlashtirishni yanada kengayti-rilishiga, sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni hamda sudlar mustaqilligini ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Sudlarning axborot tizimlari negizida sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish va joriy etish fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilinishiga, sud jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan byurokratik to‘siq va korrupsiyaviy omillarning bartaraf etilishiga olib keladi. Shuningdek, sud tizimida zamonaviy ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish samaradorligini oshiradi hamda unga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Jumladan, endilikda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari sudga ariza bilan murojaat etishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasini hamda sud xarajatlari miqdorini aniqlashlari mumkin bo‘ladi.
Tadbirkorlik subyektlari sudga faqat elektron tarzda murojaat qilishlari hamda sud binosiga kelmasdan turib, sud muhokamalarida ishtirok etishlari, taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish hujjatlari bilan elektron tarzda tanishishlari kabi yangi imkoniyatlar joriy etilmoqda. Bundan tashqari, sud ishlarini to‘liq elektron holda yuritish, sud xarajatlarini elektron shaklda hisoblash, ijro varaqalarini avtomatik tarzda ijroga yuborish, sun’iy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari matnini real vaqt rejimida tayyorlash va sud hujjatlarini loyihalarini avtomatik shakllantirish yuzasidan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.
Sudlarning axborot tizimlari “Raqamli hukumat” platformasiga to‘liq integratsiya qilinadi. Muxtasar qilib aytganda, sud tizimiga zamonaviy ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi natijasida sudda ishtirok etuvchi shaxslardan ortiqcha ma’lumotlar talab qilinishiga barham beriladi, bu boradagi ularning ortiqcha sarf-xarajatlariga chek qo‘yiladi, pirovardida ularning vaqt va mablag‘lari tejaladi hamda ortiqcha sansalorliklarning oldi olinadi.
R.G‘ulomov,
viloyat ma’muriy sudining raisi