Qarori — ustozga ilhom, o‘quvchiga yutuq

Date:

Jamiyat taraqqiyoti va kelajagi, eng avvalo, ta’lim sifati va uning samaradorligiga bog‘liq. Bu jarayonda ustozlar bilim va ma’rifat timsoli bo‘lsa, rahbarlar ta’lim maskanining yuragi va boshqaruv markazi hisoblanadi.

Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ustoz va murabbiylarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar rahbarlarning oqilona qarorlari, fidoyiligi va mas’uliyatli yondashuvi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu ma’noda, “Rahbarning adolatli qarori – ustozning ilhomiga, o‘quvchining yutuqlariga, maktabning obro‘siga xizmat qiladi”, degan so‘zlarda chuqur haqiqat mujassam. Zero, rahbar – nafaqat tashkilotni boshqaruvchi, balki jamoani birlashtiruvchi, ustozlarni qo‘llab-quvvatlovchi va kelajak istiqbolini belgilovchi yetakchidir.
Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, rahbar – strategik fikrlovchi shaxsdir.
U nafaqat mavjud jarayonlarni
boshqaradi, balki istiqbolni belgilaydi, yangiliklarni tatbiq etadi va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ustozlarning fidoyiligi va rahbarlarning mas’uliyatli qarorlariga tayanadi. Shu bois, ustoz va rahbar hamkorligi – jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlod taqdirini belgilovchi asosiy poydevordir.
Yangi tayinlangan direktorlarning faoliyati Direktorlar kengashi tomonidan joylarda o‘rganilib borilmoqda. Zaruriy tavsiyalar berib borilmoqda va bu ishlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Bu jarayon yangi rahbarlarning tezroq moslashuvi, samarali faoliyat yuritishi va jamoalar bilan yanada uyg‘un ishlashiga xizmat qilmoqda.

Nargiza Jumayeva,
Direktorlar kengashi a’zosi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun