Mahalla aholisi uchun yangi tibbiy maskan

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Istiqlol” mahallasida bugun quvonchli voqea – “Oila Med” klinikasi o‘z faoliyatini boshladi. Yuksalish ko‘chasida qad rostlagan ushbu xususiy tibbiyot markazi endilikda mahalla aholisi uchun zamonaviy va sifatli xizmat manziliga aylanadi.

Ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda tuman hokimligi vakillari, imomlar, nuroniylar hamda mahalla aholisi ishtirok etib, yangi klinikaning ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Gap shundaki, bu maskan odamlar uchun faqat davolanish joyi emas, balki o‘z sog‘lig‘iga beparvo qaramaslik, profilaktika va tezkor tibbiy yordamdan foydalanish imkonini ham beradi.

“Oila Med” klinikasida malakali shifokorlar jamoasi, zamonaviy uskunalar va qulay sharoitlar tayyor. Bu yerda birlamchi tibbiy yordam, aniq diagnostika, mutaxassislar maslahatlari va profilaktik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi klinikaning ish boshlashi mahalladagi yuzlab oilalar uchun katta yengillik yaratadi – endilikda zarur xizmat uchun uzoqqa borish shart emas. “Oila Med”ning maqsadi oddiy: aholiga yaqin bo‘lish, salomatlikni asrash va jamiyatni sog‘lom kelajak sari yetaklash.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun