Yoshlar bandligi ta’minlanadi

Date:

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni hayotda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish — Yoshlarga oid davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Chunki ish bilan ta’minlangan, kasb-hunarga ega yoshlar nafaqat o‘z hayotini barqaror qiladi, balki jamiyat taraqqiyoti va yurt ravnaqi uchun ham kuch-quvvatini safarbar etadi. Shu maqsadda davlatimiz rahbari tomonidan qator vazifalar belgilangan bo‘lib, ularning ijrosi doirasida Oliy ta’lim va innovatsiyalar, Yoshlar ishlari hamda Bandlik va migratsiya boshqarmalari hamkorligida Qiziriq tuman politexnikumida namunaviy tajriba loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrifi davomida mazkur tajribaning joriy etilish jarayonlari bilan tanishdi. Mutasaddilarning axborotlari tinglanar ekan, mavjud kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda, avvalo, bitiruvchilarni to‘liq ish bilan ta’minlash, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish, ularni zamonaviy kasb-hunar ko‘nikmalari bilan qurollantirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Bu esa yoshlarning kelajakda xorijga chiqib ketmasdan, aynan o‘z yurtida munosib ish topishlariga, shuningdek, oilaviy farovonliklarini mustahkamlashlariga keng imkoniyat yaratadi.

Qiziriqda yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu tajriba, aslida, butun Surxondaryo viloyati va respublikamiz bo‘yicha yoshlar bandligini samarali ta’minlashda namunaviy model vazifasini bajarishi mumkin. Chunki yosh avlodning mehnatga jalb etilishi, ularning ijtimoiy faolligi oshishi — barqaror jamiyatning eng muhim kafolatidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun