GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

Date:

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara berayotganligini barchamiz ko‘rib turibmiz. Amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar natijasida Olimpiya, jahon va qit’a chempionatlarida, xalqaro turnirlardagi yutuqlarimiz tobora ko‘payib bormoqda. Sportning barcha yo‘nalishlarida yuksak natijalarga erishmoqdamiz. Bugungi kunga kelib, Termiz davlat universitetida ham sportni rivojlantirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sportning 18 ta turi bo‘yicha sport to‘garaklari tashkil qilingan. Jumladan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan uchta sport zal, futbol maydoni, sport maydonchalari, vorkaut hamda fitnes zallarida talaba-yoshlar muntazam shug‘ullanib kelishmoqda. Buning natijasi o‘laroq, talabalar 2025-yilda turli respublika musobaqalarida, jumladan, “Universiada”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi”, O‘zbekiston chempionati va kubogi, xalqaro turnirlar, Osiyo chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarda 59 ta oltin, 33 ta kumush hamda 54 ta bronza, jami 146 ta medallar jamlanmasi qo‘lga kiritishdi.
Ayniqsa, universitet talabalari o‘rtasida gandbol sport turi ham keng ommalashib bormoqda. Ushbu o‘quv yilida talabalarimiz “Universiada-2024” respublika sport musobaqasida 2-o‘rin, “Talabalar ligasi” musobaqasida 1-o‘rinni egallashdi. Shuningdek, Hindistonning Lakxnau shahrida gandbol bo‘yicha U-18 o‘smirlar va U-20 yoshlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo qit’asi bosqichi bellashuvlarida har bir yosh toifasida gandbolchilarimiz 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining qit’alararo bosqichiga chiqishdi. Unda talabalarimiz kumush medaliga sazovor bo‘lishdi.

Xurshida Berdiyeva,
TerDU jismoniy tarbiya va sport o‘yinlari kafedrasi p.f.b.f.d.(PhD)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun