“Yangi hayot”da yangi maskan

Date:

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi muhim qadam qo‘yildi. Tumanning “Yangi hayot” mahallasida 120 o‘rinli, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Yangi tashkilotda kichkintoylarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Guruh xonalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan, o‘quv va o‘yin maydonchalari xavfsiz va qulay tarzda barpo etilgan. Shuningdek, bolajonlarning sog‘lom ovqatlanishi, jismoniy tarbiyasi va ma’naviy rivoji uchun maxsus dasturlar asosida faoliyat olib borilishi rejalashtirilgan.

Mazkur ta’lim muassasasining ishga tushirilishi nafaqat mahalliy aholi uchun qulaylik, balki yosh avlodni sifatli ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish, kelajakda barkamol insonlarni voyaga yetkazish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...

Mehnatga rag‘bat, kelajakka ishonch

Oltinsoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur ish...

“Yashil makon” – farovon muhit

Qumqo‘rg‘on tumani markazidagi Beruniy ko‘chasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi...

“Mening oilam – mening huquqim”

Bugun Termiz shahridagi Davlat xizmatlari markazida “Mening oilam –...
KunTun
KunTun