To‘xtab qolgan loyihalar tiklanadi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrifi davomida iqtisodiy faollikni oshirish, mavjud muammolarni joyida hal qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Tashrif doirasida hokim faoliyati to‘xtab qolgan “Best Garden Tomorqa Xizmati” MCHJ holatini o‘rgandi.

Mazkur korxona ilgari Bandixon va Boysun tumanlarida bir qator agrar loyihalarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, moliyaviy muammolar — xususan, bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytarilmaganligi sababli ishlab chiqarish to‘xtagan. Mutasaddilar korxonani qayta tiklash bo‘yicha takliflar bildirdilar. Xususan:

Tomat pastasi ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirish,

Agroklinika faoliyatini tiklash,

Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish taklif etildi.

Viloyat hokimi korxonani qonuniy asosda sog‘lomlashtirish, tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatish va barqaror faoliyatni tiklash yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, Ulug‘bek Qosimov “Surxon Invest 555” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mlik bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Ayni paytda loyiha tadbirkorning o‘z mablag‘lari evaziga yakuniy bosqichga yetgan. Loyiha tashabbuskori obyektni ishga tushirish, xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish va aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun bank kreditiga ehtiyoj borligini bildirdi. Bu borada hokim moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq berdi. Hokim tashrifi davomida bildirilgan har bir murojaat joyida ko‘rib chiqilib, iqtisodiy tiklanish va hududiy rivojlanish yo‘lida amaliy choralar belgilandi. Bu tashabbuslar Bandixon tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun