Xalqaro investitsiyalar jalb etilmoqda

Date:

O‘zbekistonda to‘qimachilik va tekstil sohasini yangi bosqichda rivojlantirish, xomashyoni tayyor mahsulotgacha yetkazib beradigan to‘liq ishlab chiqarish zanjirini shakllantirish hamda xalqaro investorlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Germaniyaning nufuzli “Trützschler” va “Saurer” kompaniyalari O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy menejeri Vitili Shuls, shuningdek kompaniyaning mamlakatimizdagi vakili Botir Xo‘jayberdiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ingichka tolali paxta hamda sun’iy toladan ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ushbu tashabbuslarni moliyalashtirishda Germaniya banklarining qulay shartli, uzoq muddatli kredit paketlaridan foydalanish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Tomonlar loyihalarni puxta rejalashtirish, texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va mutaxassislar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. Shuningdek, Surxondaryolik tadbirkorlar bilan bevosita hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha dastlabki amaliy qadamlar belgilandi.

Mazkur uchrashuv Surxondaryoda sanoatni modernizatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun