Islohotlar amaliy natija bermoqda

Date:

Prezidentimizning joriy yil 15-sentyabr kuni o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqoti chog‘ida ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, politexnikumlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

Shu topshiriqlarning ijrosini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldi. Bu yerda berilgan ko‘rsatmalar ijrosi, ta’lim muassasasini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, o‘quv binolarini foydalanishga tayyorlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Tashrif jarayonida belgilangan vazifalarning qisqa muddatda amalga oshirilayotgani, bu esa ta’lim jarayonining sifatini yaxshilashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, Qiziriq tumani politexnikumida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish jarayonlari bilan tanishildi. Amaliy mashg‘ulotlarning sifatli tashkil etilayotgani, ustaxonalar zarur jihozlar bilan boyitilayotgani, yoshlarning qiziqishlari va mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlanayotgani kuzatildi. Bu esa belgilangan topshiriqlar ijrosining amaliy samara berayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan rejalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, o‘qituvchi va ustalarning malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini kuchaytirish, o‘quv ustaxonalarini yangi texnologiyalar bilan jihozlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryoda ta’lim sohasidagi islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani va berilayotgan topshiriqlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgani natijasida, ularning samarasi tobora yaqqol sezilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun