Dehqonchilik va tadbirkorlik – diqqat markazida

Date:

Sho‘rchi va Denov tumanlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminarlar o‘tkazildi. Tadbirlarning asosiy maqsadi – mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishdan iborat bo‘ldi.

Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan seminarda Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlari hokimlari, soha mutasaddilari, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar ishtirok etdi. Denov tumanidagi yig‘ilishda esa Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlaridan mas’ullar hamda qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar qatnashdi.

Muloqotlarda 2026-yilgi g‘alla hosili uchun urug‘ ekish ishlarini samarali tashkil etish, chorvachilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish, yer maydonlaridan oqilona foydalanish, tokchilik yo‘nalishida xatlovlar o‘tkazish, shuningdek, paxta yig‘im-terimini sifatli o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda mutasaddilar amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi, fermer va tadbirkorlar esa o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha natijadorlikni oshirishga xizmat qiladigan aniq vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun