“Qalqon” – yoshlarning huquq-tartibotda faol

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularni jamiyat hayotida faol bo‘lishga undash va huquq-tartibotni saqlashga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida turli jamoatchilik tuzilmalari tashkil etilib, ular yoshlarning nafaqat bilimli, balki mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

Shunday tashabbuslardan biri sifatida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Guruhning asosiy vazifasi – talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishdan iborat.

Ayni paytda ushbu guruhga a’zo bo‘lish istagini bildirgan talabalar orasida tanlov jarayoni bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. 400 nafar nomzod hujjat topshirib, jismoniy sinovlarda o‘z kuchini sinab ko‘rmoqda. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar “Qalqon” jamoatchilik guruhi tarkibiga qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun