Yoshlar uchun ibrat maktabi

Date:

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri sahnasida Termiz davlat universitetining 1-kurs talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ular uchun mashhur spektakllardan biri – “Xazon bo‘lgan umrlar” namoyish etildi. Tadbirning bosh maqsadi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni san’at olamiga jalb etish va eng muhimi, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrab, ularda mustahkam ma’naviy immunitet shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tomoshabin talabalar spektaklni katta qiziqish va diqqat bilan kuzatdilar. Asarda inson taqdirini izdan chiqaruvchi illatlar – ekstremizm va turli buzg‘unchi g‘oyalarning jamiyatga keltiradigan vayronkor oqibatlari badiiy talqin orqali chuqur ochib berildi. Qahramonlarning fojeali hayoti orqali yoshlarda vatanparvarlik, ma’naviy barqarorlik, to‘g‘ri yo‘lni tanlash kabi yuksak qadriyatlar yanada mustahkamlandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday teatr namoyishlari yoshlarda nafaqat san’atga qiziqishni kuchaytiradi, balki ularning tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirib, ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga chorlaydi. Eng asosiysi, ularni turli yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy immunitetga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun