Ustoz — fidoyilik namunasi

Date:

Ta’lim-tarbiya tizimi bugun nafaqat bilim berish, balki yoshlarni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishda eng muhim sohalardan biri hisoblanadi. Shu yo‘lda fidoyilik va mehr bilan xizmat qilayotgan o‘qituvchilarimizning mehnati yoshlar uchun haqiqiy hayot maktabiga aylanmoqda. Bunga Sho‘rchi va Baxshtepa qishlog‘idagi ta’lim muhitidan yaqqol misollar keltirish mumkin.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Gulasal Jumayeva ilk pedagoglik faoliyatini Sho‘rchi tumanidagi 39-maktabda boshlagan. Bugun esa Qoraariq mahallasida tahsil olayotgan o‘quvchilarga saboq bermoqda. Ustozning fikricha, o‘qituvchi uchun eng katta mukofot — bu shogirdlarining intilishi va muvaffaqiyatidir.

— Uyimizdan 8 kilometr uzoqlikdagi 74-maktabga qatnab dars berishimning yagona sababi — o‘quvchilarimdir, — deydi u. — Uch yil davomida ular ham 7–8 kilometr yo‘l bosib, darsga qatnashdi. Biror marta dars qoldirishmadi. Ammo yo‘lning mashaqqati ularni qiynardi. Endilikda esa zamonaviy, barcha sharoitlarga ega maktab ularning xizmatida.

Baxshtepa qishlog‘ida ham shunday quvonchli onlar hukm surmoqda. Bu yerda yangi, 330 o‘rinli maktab foydalanishga topshirildi. Shu paytgacha bolalar 4–5 kilometr uzoqlikdagi ta’lim muassasasiga qatnab o‘qishga majbur edilar. Ayniqsa, 1–4-sinf o‘quvchilari uchun bu masofa ancha og‘irlik qilardi.

66-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Zuhra Xudoyberdiyeva o‘z taassurotlarini shunday ifoda etdi:
— Avvallari maktabga yaqin yashovchi sinfdoshlarimga havas qilardim. Endi esa bizning mahallamizda ham zamonaviy maktab qad rostladi. Bu yerda nafaqat ta’lim olish, balki kasb-hunar o‘rganish, to‘garaklarga qatnash uchun ham barcha sharoitlar mavjud. Biz uchun eng katta imkoniyat — bilim olish. Endi faqat yaxshi o‘qishimiz kerak.

Yangi maktablarning qurilishi va foydalanishga topshirilishi nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki yoshlarning kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Endilikda o‘quvchilar bilim izlab uzoq yo‘l bosishga majbur emaslar. Ular o‘z qishlog‘ida, zamonaviy sharoitlarga ega ta’lim muassasasida bilim olib, qobiliyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bu kabi o‘zgarishlar davlatimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan doimiy e’tiborining yaqqol samarasidir. Fidoyi ustozlarning mashaqqati, o‘quvchilarning quvonchi va yangi maktablarda yaratilgan imkoniyatlar esa kelajagi porloq avlodni tarbiyalash yo‘lidagi eng yorqin natijalardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni...

“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga...

Sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun...

Yangi markaz ishga tushdi

InfinBank o‘z faoliyati davomida hududiy tarmog‘ini izchil kengaytirib, zamonaviy...
KunTun
KunTun