Qanday bemorlarga dorilar bepul beriladi

Date:

Bugungi kunda O‘zbekistonda Reimbursatsiya(xarajatlarni qoplash) dasturi amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur tizim 2020 – 2024-yillar davomida Sirdaryo viloyatida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, endilikda Toshkent shahrida ham tatbiq qilinmoqda.

 Hozir dasturga 7 xil surunkali xastalik kiritilgan. Bular:

▪ gipertoniya;

▪ yurak-ishemik kasalligi;

▪ qandli diabetning 2 turi;

▪ bronxial astma;

▪ o‘pkaning surunkali obstruktiv xastaligi.

 Bunda shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dori vositalari yuqorida sanab o‘tilgan xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarga (tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida) dorixonalarda 27 xil dori-darmonlar bepul beriladi. Barcha xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

 Reimbursatsiya dasturidan foydalanish imkon qadar soddalashtirilgan bo‘lib, fuqaro, avvalo, oilaviy shifokorga borib uchraydi. Agar unda sal ilgariroq nomlari keltirib o‘tilgan kasalliklardan biri yoki bir nechtasi aniqlanadigan bo‘lsa, shifokor elektron retsept shakllantiradi.

 So‘ng bemor telefoniga SMS kod keladi va shu kod Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixonaga ham boradi. Bemor yoki uning yaqinlaridan biri shu SMS kodni dorixona xodimiga ko‘rsatib, retseptdagi dorilarni olishi mumkin bo‘ladi. SMS yaxshi ishlamaydigan joylardagi bemorlarga esa oilaviy shifokor tomonidan QR-kodli elektron retsept shakllantiriladi va bemorga beriladi.

 Bemor yoki uning yaqinlaridan biri QR-kodli elektron retseptni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixona xodimiga taqdim etadi va o‘ziga kerakli dori vositalarini oladi.

 Bemor o‘zi olgan dorilarni qabul qilib bo‘lgach, yana shifokor huzuriga keladi. Shifokor uni tekshirib bo‘lgach, yangi elektron retseptni shakllantiradi. Bu galgi dorilar miqdori, ya’ni dozasi farq qilishi mumkin. Muhimi, ana shu jarayon to bemor darddan to‘liq forig‘ bo‘lib ketgunicha davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...

Mehnatga rag‘bat, kelajakka ishonch

Oltinsoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur ish...
KunTun
KunTun