Inson omilisiz ishga qabul qilinadi

Date:

O‘zbekistonda kadrlarni tanlash jarayonida inson omilisiz ishga qabul qilish imkonini beruvchi elektron platforma joriy etilmoqda. Mazkur tizim sun’iy idrok yordamida minglab nomzodlar bilan onlayn suhbat o‘tkazib, eng munosiblarini saralash imkonini yaratadi. Shu orqali an’anaviy tartibda sarflanadigan qimmatli vaqt tejaladi, jarayon esa yanada shaffof va samarali bo‘ladi.

Bunday platformalar dunyoning rivojlangan davlatlarida hamda Amazon, Tesla, Samsung va LG kabi yirik kompaniyalarda allaqachon keng qo‘llanilmoqda. Endilikda O‘zbekistonda ham ushbu tajriba yo‘lga qo‘yilishi kadrlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Rahbar kadrlarni tayyorlash markazi vakillari hamda 10 dan ortiq vazirlik va idoralar kadrlar bo‘linmalari xodimlari ushbu tizimning imkoniyatlari bilan tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun