Kun-u tun xizmatda

Date:

 Jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat Qo‘riqlash boshqarmasining shahar va tumanlardagi Tezkor harakatlanuvchi guruh naryadlari (THG) faoliyati tizimli ravishda takomillashtirilmoqda.

Mazkur guruhlar kun-u tun mahallalarda patrullikni amalga oshirib, xizmat hududida yuzaga keladigan favqulodda holatlarga, signalizatsiya tizimlaridan tushgan chaqiriqlarga tezkor javob qaytarishayotir. Tezkor naryadlar zamonaviy aloqa vositalari, harakatlanish uchun maxsus xizmat avtomobillari, himoya jihozlari va videokuzatuv tizimlari bilan ta’minlangan.

Tezkor harakatlanuvchi guruh naryadlari bilan xizmat oldi yo‘riqnomalar o‘tkazilib, avtotransport vositalarining texnik holati, maxsus jihozlari, xodimlarning himoya vositalari bilan xizmat olib borishlari muntazam o‘rganilib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun