Amaldagi islohotlar…

Date:

Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov tumandagi “So‘fi Olloyor” mahallasiga bo‘lib, mahallada ijtimoiy soha yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla “yettiligi”ning faoliyati, aholining yashash tarziga oid holatlar yuzasidan o‘rgandi. Shuningdek, hududda olib borilgan monitoring jarayonida, mahalladagi ko‘pqavatli binolarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning turmush sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.

Jumladan, ko‘pqavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, shirkat faoliyati sustligi, kuzatuv kameralari o‘rnatilmaganligi yoki ishlamayotganligi holatlari qayd etilib ichimlik suvi ta’minotida ham bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Xususan, ichimlik suvi tizimini yaxshilash, hududni obodonlashtirish, shirkat faoliyatini jonlantirish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Ayni vaqtda masʼullar tomonidan ishlar olib borilmoqda.

Denov tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim tadbir tashkil etildi. Tuman hokimi Ilhom Abrorov “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tuman hududida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar farzandlari bilan uchrashib, ularga o‘quv qurollari hamda boshqa turdagi zaruriy jihozlarni topshirdi.

Tadbirda tuman hokimi farzandlar bilan samimiy suhbatlashar ekan, ularni ilm olish, bilimga chanqoq bo‘lish va kelajakda vatanga manfaat keltiradigan yetuk mutaxassislar bo‘lishga da’vat etdi. Shuningdek, nuroniylar, faxriy ustozlar ham tadbirda ishtirok etib, farzandlarga tilaklarini bildirishdi, hayot tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun